Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi kotibiyatining ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Isanov, kotibiyat mudiri X.Berdiyarova hamda deputatlar A.Ibadullayev va G.Rizayeva tomonidan Boyovut tumanidagi “U.Yusupov” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ish yuritish hujjatlari hamda amalga oshirilayotgan faoliyat tahlil qilindi. Natijada mahalla yettiligi tomonidan hujjatlar belgilangan tartib va rejalarga muvofiq yuritib kelinayotgani aniqlandi.
Shu bilan birga, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan ayrim hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlarni amaldagi talablar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirish yuzasidan kotibiyat mudiri tomonidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda hujjatlar yuritilishi sifatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
* Mahalla yettiligining 2026-yilda shu kunga qadar amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlarni Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatiga taqdim etish belgilab olindi.