Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobxon” tanlovining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Mazkur tanlovda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari X.Tavasharov, A.Narmuradov va kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar
Tanlov davomida yosh kitobxonlar o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon etib, mutolaa madaniyati, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi hamda keng dunyoqarashlarini namoyish etdilar
Ishtirokchilarning kitobxonlikka bo‘lgan intilishi va faol ishtiroki tadbirning yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz