Sessiya kun tartibidagi masala yuazasidan doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✨ Bugun Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✨ Unda tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasida joriy yilda asosiy faoliyati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari Ravshanov Farrux Baxromovichning hisoboti eshitildi.
✨ Yig‘ilish yakunida ushbu masala yuzasidan doimiy komissiya qarori qabal qilinib xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritishga kelishib olindi.