Bugun Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Galiyev Shamirat Kurbanmiradovich “Markaziy” MFY hududida yo‘llarni ta’mirlash holatini o‘rgandi.
📌 Oldinroq fuqarolar tomonidan yog‘ingarchilik oqibatida yo‘llar ta’mirtalab holga kelgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan edi
🔍 O‘rganish davomida:
🔹 yo‘llarning joriy holati
🔹 ta’mirlash ishlarining borishi
🔹 muammoli uchastkalar ko‘zdan kechirildi
Fuqarolar murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan bunday ishlar hududlardagi muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.