Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil axborot taqdim etildi
янв.21
Bolajonlar quvonchi – e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati qabul qilindi va o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar
янв.21
Uchtepa tumanida deputatlar tomonidan navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna o‘zi saylangan okrugdagi “Fayzobod” MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud holat hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektori Ziyatov Abdubannop bilan birgalikda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda hududda jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “qizil” va “sariq” hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilindi.O‘rganishlar davomida Fayzobod MFYda 2026-yilning shu davriga qadar jinoyat holati qayd etilmagani ma’lum qilinib, bu borada olib borilayotgan profilaktik ishlarning samarasi alohida ta’kidlandi.Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan har hafta payshanba kunlari mahalla yoshlari bilan jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazib kelinayotgani, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tushuntirish ishlari muntazam olib borilayotgani bildirildi.Muloqot davomida profilaktika inspektorining xizmat faoliyati yuzasidan hisobot tinglanib, alohida nazorat talab etuvchi fuqarolar bilan ishlash samaradorligi ham muhokama qilindi. Deputat tomonidan bu yo‘nalishdagi jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.Shuningdek,mahallada “Xavfsiz mahalla” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘chalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, aholi kam qatnovchi hamda hilvat hududlarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.Yakunda mas’ullar bilan mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2