Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “A.Zohiriy” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Xususan, fuqarolar tomonidan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va davlat xizmatlarini olish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘pligi sababli, qabul jarayoniga Qo‘qon shahar Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari ham jalb etildi. Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, elektron xizmatlar imkoniyatlari hamda hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, tegishli mutasaddilarga ijrosi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur tadbirni tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov faol ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini tizimli ko‘rib chiqishga ko‘maklashdilar.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi