Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha seminar tashkil etildi
янв.21
Elektr tarmoqlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va ochiqlikni ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil axborot taqdim etildi
янв.21
Bolajonlar quvonchi – e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati qabul qilindi va o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan “G‘alabaqqollik” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Xo‘rlik” ko‘chasi, 1-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro R.Muhamadjonovning murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan ko‘tarilgan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilinib, mavjud holat yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.

Murojaatni qonuniy va tizimli hal etish maqsadida fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Murojaatda ko‘tarilgan masala nazoratga olinib, uning ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3