Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha seminar tashkil etildi
янв.21
Elektr tarmoqlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va ochiqlikni ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti tizimi faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan batafsil axborot taqdim etildi
янв.21
Bolajonlar quvonchi – e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati qabul qilindi va o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasida belgilangan “Yoshlar bandligi va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish” mavzusidagi nazorat tadbiri doirasida kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, tuman deputati A.Ibadullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan Yoshlar agentligi Boyovut tumani bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tumandagi yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra:
⚫️Tuman aholisining 54 foizini, ya’ni 77 ming 400 nafar yoshlar tashkil etadi.
⚫️14–30 yoshdagi 30 ming 768 nafar yoshlar bo‘yicha “Yoshlar balansi” shakllantirilgan.
➖ Shundan:
🟢23 ming 151 nafari – “yashil”,
🟡6 ming 874 nafari – “sariq”,
🔴743 nafari – “qizil” toifaga kiritilgan.
🔹 Joriy yilda 620 nafar ishsiz yoshlar 29 nafar (18 nafar viloyat va 11 nafar tuman darajasidagi) rahbarlarga biriktirilgan.
✅ Natijada bugungi kunga qadar 501 nafar yoshning bandligi ta’minlandi, jumladan:
⚫️105 nafari – doimiy ishga joylashtirildi;
⚫️115 nafari – tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit oldi;
⚫️20 nafari – yer maydoni bilan ta’minlandi;
⚫️115 nafari – asbob-uskunalar oldi;
⚫️15 nafari – tartibli mehnat migratsiyasiga yuborildi;
⚫️48 nafari – muddatli harbiy xizmatga yo‘naltirildi;
⚫️7 nafari – oliy va professional ta’limga qamrab olindi;
⚫️57 nafari – o‘zini o‘zi band qildi;
⚫️19 nafari – kasb-hunarga o‘qitish orqali ish bilan ta’minlandi.
☑️ Ayni paytda 119 nafar yoshning bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tanlov va musobaqalarda ishtirok etish maqsadida tumandagi 31 ta mahalladan jami 42 ming 911 nafar yosh @beshtashabbus_uz onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan.

📚 “Yoshlar daftari” orqali ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlarining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida bugungi kunga qadar 23 nafar yoshga 45 million 340 ming so‘m mablag‘ ajratildi.
➖ Shundan:
⚫️14 nafar yoshning kontrakt to‘lovlari qoplab berildi;
⚫️9 nafar yosh turli o‘quv kurslariga jalb etildi.

Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, yoshlar bandligini oshirish hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 7