Oldin xabar berganimizdek, Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda "Sahovat" mahallasidan saylangan deputat X.Karimova ishtirokida hududda o‘rganish ishlari o‘tkazilgan edi.
Deputatlar tomonidan mahallaning Amudaryo-1 ko‘chasida qurilishi boshlangan maydonni o‘rab turgan himoya devorining nosoz va yaroqsiz holatga kelib qolganligi aniqlanib, deputat X.Karimova tomonidan mahalla raisi T.Nurmetov va Kengash raisi P.Ro‘ziboyevlarga yo‘llangan murojaat joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganilgan edi.
O‘rganish davomida ushbu hudud haqiqatdan ham qarovsiz va aholi, ayniqsa, yosh bolalar hayoti
uchun xavfli holatga kelib qolganligi aniqlangan.
Xozirda aniqlangan muammoni tezkorlik bilan hal etilib, yosh bolalar hayoti uchun xavfli holat bartaraf etildi.