O‘rganishlar davomida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni tadbirkorlikka, kasb-hunarga yo‘naltirish va doimiy bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash holati, ularning muammo va takliflari o‘rganilib, yoshlar bandligini yanada oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.