📌 Ma’lum qilinishicha, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi pudratchi tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.03.2023-yildagi PQ-91-sonli qaroriga muvofiq tuman hududida yer osti kabellari yotqizilgan joylarda qayta ko‘mish va asfalt qoplamasini tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
🛠 Shu jumladan, so‘rovda ko‘rsatilgan hududda ham asfalt qoplamasini tiklash ishlari belgilangan tartibda va bosqichma-bosqich bajarilishi ma’lum qilingan.
✅ Mazkur ishlar tuman hududidagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakat sharoitini yaratishga xizmat qiladi.