Sessiyada xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
🌏Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Jumladan: — tumandagi mavjud zaxiralarni ishga solish hamda yangi tizim asosida sanoat va iqtisodiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari; — o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bilan bog‘liq qarorlarga o‘zgartirish kiritish masalalari; — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi yo‘nalishida 2026-yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar; — “Ahmad Yassaviy” mahallasi hududida “Yashil bog‘” tashkil etish; — tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi; — mahalliy budjetning ijrosi va qo‘shimcha manbalarni xarajatlarga yo‘naltirish; — xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalari.
🌏Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.