Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati qabul qilindi va o‘rganish ishlari yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar
янв.21
Uchtepa tumanida deputatlar tomonidan navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Fuqarolar murojaati asosida jamoat transporti masalasi o‘rganildi
янв.21
Uchtepada so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari
янв.21
Uchtepa tumanida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi
Deputat so‘rovi - bu

Deputat so‘rovi - bu

Deputatning o‘z hududidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari hamda mansabdor shaxslarga rasmiy murojaatidir. Deputat o‘z saylovchilarini qiynayotgan muammolar, hududdagi mavjud kamchiliklar yoki muhim masalalar yuzasidan izoh va tushuntirish talab qilish huquqiga ega.

Deputat so‘rovida odatda aholini qiynayotgan masalalar, bajarilmayotgan ishlar, qonun ijrosi, hududdagi muammolar yoki fuqarolar murojaatlariga oid savollar ko‘tariladi. Mansabdor shaxs esa ushbu murojaatni e’tiborsiz qoldirmasdan, belgilangan tartibda asoslantirilgan javob berishi shart.

Qonunchilikka ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so‘roviga u olingan kundan boshlab 10 kun ichida javob yuboradilar. Javob so‘rov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifasini vaqtincha bajarib turgan shaxs tomonidan imzolanadi.

Shuningdek, deputat sudlar, prokuratura, surishtiruv va tergov organlariga ham so‘rov yuborishi mumkin. Biroq bu so‘rovlar ularning ish yurituvidagi aniq bir jinoyat ishi yoki materiallarga aralashish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Chunki sud va tergov organlarining mustaqilligi qonun bilan himoya qilinadi.

Deputat so‘rovlari orqali hududdagi muammolarni aniqlash, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda aholining manfaatlarini himoya qilish maqsad qilinadi. Zarurat bo‘lsa, deputat so‘rovlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida muhokama qilinishi ham mumkin.