Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar
янв.21
Uchtepa tumanida deputatlar tomonidan navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Fuqarolar murojaati asosida jamoat transporti masalasi o‘rganildi
янв.21
Uchtepada so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari
янв.21
Uchtepa tumanida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Uchtepa tumanida kriminogen vaziyat va mahallalar xavfsizligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyada "Mening bog'im" loyihasi doirasidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent Kengashi deputati Shuxrat Ergashev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov tomonidan tumandagi 1-umumtaʼlim maktabida oʻquvchi yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va taʼlim sifati bilan yaqindan tanishish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.

🔍⛹️‍♂️Oʻrganish davomida umumtaʼlim maktabining sport maydonchalari, sport zali va ulardagi sport anjomlari mavjudligini, ularning jihozlari holatini koʻzdan kechirildi. Maktabda hozirgi kunda 120 oʻrinli sport zal, mini futbol maydoni, qoʻl toʻpi maydoni, sohil boʻyi voleybol maydoni va basketbol maydonlari mavjudligi, “Doʻstlik”, “Quruvchi” va “Vobkent” MFYlarda istiqomat qiluvchi aholi va uyushmagan yoshlar uchun soat 16:00 dan 22:00 ga qadar foydalanish imkoniyati yaratilganligi aniqlandi.

🏀Taʼkidlanganidek, yosh avlodning har tomonlama barkamol boʻlib voyaga yetishi, ularning sifatli taʼlim olishi va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

✔️Oʻrganish yakunida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda taʼlim muassasasidagi sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 8