Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar
янв.21
Uchtepa tumanida deputatlar tomonidan navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Fuqarolar murojaati asosida jamoat transporti masalasi o‘rganildi
янв.21
Uchtepada so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari
янв.21
Uchtepa tumanida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Uchtepa tumanida kriminogen vaziyat va mahallalar xavfsizligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyada "Mening bog'im" loyihasi doirasidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
DEPUTAT NAZORATI: CHARMGARON MFYDA ICHKI YOʻLLAR VA YORITISH HOLATI OʻRGANILDI

🗺🛣Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Dildora Hayitova tomonidan saylov okrugidagi “Charmgaron” MFY hududida ichki koʻcha yoʻllari holati, koʻchalarni tungi yoritilishi hamda avtomobil yoʻllaridagi tirbandliklar yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

🔍Oʻrganishlar davomida mahalladagi Bobir koʻchasida amalga oshirilgan yoʻlni taʼmirlash va kengaytirish ishlari, shuningdek hududdagi tungi yoritish tizimlari holati koʻzdan kechirildi. Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari deputat tomonidan alohida nazoratga olingan.

🛠Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar doimiy deputat nazoratida davom etmoqda.

Slide 1 of 6