Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar
янв.21
Uchtepa tumanida deputatlar tomonidan navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Fuqarolar murojaati asosida jamoat transporti masalasi o‘rganildi
янв.21
Uchtepada so'nggi qo'ng'iroq tadbirlari
янв.21
Uchtepa tumanida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Uchtepa tumanida kriminogen vaziyat va mahallalar xavfsizligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyada "Mening bog'im" loyihasi doirasidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-may kuni Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva raisligida o‘tkazilib, unda shahar hayoti va aholi farovonligiga daxldor bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibida, avvalo, Qo‘qon shahrida ichki iste’mol bozorlarini asosiy turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan tizimli va kafolatli ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash hamda inflyatsiya darajasini nazorat qilishga qaratilgan “Yo‘l xarita”ni tasdiqlash masalasi muhokama etildi.

Mazkur yo‘nalishda mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishini oldini olish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va aholini sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz ta'minlash choralari yuzasidan axborotlar tinglandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shahar hududlarida infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy obyektlarni qo‘llab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlariga mablag‘ ajratish masalasi ham sessiya davomida atroflicha ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, sohalar ma'sullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish va mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6