📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-son qarori ijrosi yuzasidan mukammal ta’mirlanayotgan Boʻston MFY hududida joylashgan OShPdagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida obyekt hududida 6 nafar ishchi faoliyat olib borayotganligi, elektr montaj hamda kafel yopishtirish ishlari davom etayotganligi aniqlandi. Shuningdek, deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlab, foydalanishga topshirish yuzasidan ustalar va mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.