🔴Yig‘ilishda dastlab mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda “Mahalla yettiligi” a’zolarining I chorakdagi faoliyati natijadorligi yuzasidan Mahallalar uyushmasining hisoboti tinglandi.
🔴“Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil I-mavsum yakunlari bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va sifatli amalga oshirish masalalari deputatlar tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
🔴Tuman mahalliy budjetining I chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish borasida mas’ul rahbar A.Safarqulovning axboroti tinglanib, xarajatlar samaradorligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.
🔴Shuningdek, tuman Davlat soliq inspeksiyasining budjet daromadlari, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash hamda soliq qarzdorligini qisqartirish borasidagi hisoboti deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.
🔴Muhokamalar davomida ayrim sohalarda yo‘l qo‘yilgan sustkashliklar va budjet tushumlarini ta’minlashdagi kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga qat’iy e’tirozlar bildirildi.
🔴Yakunda aniqlangan har bir kamchilikni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, barcha loyiha va to‘lovlarni joriy oy yakuniga qadar yakunlash bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.
🔴Komissiya a’zolari tomonidan berilgan vazifalarning ijro holati yuzasidan qisqa muddatlarda qayta hisobot berish va har bir so‘mning maqsadli sarflanishi ustidan doimiy deputatlik nazorati o‘rnatildi.