Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Katta qani” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyada 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorning Uchtepa tumanidagi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilik profilaktikasi va huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda kommunal infratuzilma va tungi yoritish tizimlarini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi yoshlar uchun motivatsion muloqot maydoniga aylandi
янв.21
Jamoat transporti faoliyati yuzasidan 18-avtobus saroyida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish va mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida davlat tili masalalari muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
“Zarobod” saylov okrugida aholi murojaatlari o'rganildi

“Zarobod” saylov okrugida aholi murojaatlari o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K. Muhammadiyev "Zarobod" mahallasida mas’ullar bilan birgalikda boquvchisini yo‘qotgan oila xonadonida bo‘lib, ularning holidan habar oldi.

Tashrif davomida oila a’zolarining yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari atroflicha o‘rganildi. Suhbat jarayonida oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish hamda zarur ko‘maklarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ullarga ushbu oilaning muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni doimiy e’tiborda tutish hamda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik ishlari aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev

Slide 1 of 3