Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Katta qani” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyada 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorning Uchtepa tumanidagi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilik profilaktikasi va huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahallalarda kommunal infratuzilma va tungi yoritish tizimlarini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi yoshlar uchun motivatsion muloqot maydoniga aylandi
янв.21
Jamoat transporti faoliyati yuzasidan 18-avtobus saroyida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish va mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida davlat tili masalalari muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
DEPUTAT NAZORATI

Sardoba tumanida pillachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Navruz mahallasida fermer xo‘jaliklari tomonidan pilla parvarishlash ishlari uyushqoqlik va mas’uliyat bilan olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishib, pilla yetishtirishdagi sharoitlar, parvarish ishlari hamda fermerlar faoliyatini o‘rgandi. Suhbatlar davomida soha vakillari tomonidan pillachilikni yana-da rivojlantirish, mahsuldorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Qayd etilganidek, pillachilik nafaqat qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i, balki aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday ezgu sa’y-harakatlar hududda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, qishloq aholisining farovonligini oshirish hamda milliy ipakchilik an’analarini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4