Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
QAROR IJROSI-YOXUD XALQ MANFAATI YUKSAK QADRIYAT

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Jumaniyazova tashabbusi bilan kotibiyat mudiri P.Ro‘ziboyev bilan hamkorlikda shaharning "Navbahor" mahallasida xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasi qarori asosida ajratilgan mablag‘lar evaziga tashkil etilgan ijtimoiy yo‘lakcha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, piyodalar uchun yaratilgan qulayliklar hamda loyihaning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘lakcha hudud aholisi, ayniqsa, keksalar va nogironlarning xavfsiz harakatlanishi uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.

Deputat tomonidan olib borilgan suhbatlar davomida aholi vakillari ushbu tashabbusdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Shu bilan birga, kelgusida yo‘lakcha atrofini obodonlashtirish va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish masalalari ham muhokama qilindi.

Slide 1 of 2