Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI

 SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI 

🔹 Mahalliy Kengash
deputatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalardan
kelib chiqib, 1-Shoximardon saylov okrugi deputati Oybek Soliev tomonidan Shoximardon
MFY hududida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
 

🔹 O‘rganishlar
davomida mahallada aholini qiynayotgan qator dolzarb masalalar aniqlandi. Xususan,
ko‘chalarni yoritish holati qoniqarsiz bo‘lib, ayrim hududlarda ko‘cha chiroqlarining
yetarli emasligi yoki ishlamasligi aholi xavfsizligi va erkin harakatlanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
 

🔹 Shuningdek, aholini
bandligini ta’minlash masalasida ham ehtiyojlar mavjudligi aniqlandi. Ayniqsa, yoshlar
va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va barqaror
daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarur.
 

🔹 Aniqlangan muammolarni
bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga aniq vazifa va tavsiyalar
berildi.
  

Slide 1 of 3