Mahalla raisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni (https://lex.uz/docs/-6705763)ga ko‘ra, mahalla raisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Mahalla obodligini ta’minlash:
“Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish;
“Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekishni targ‘ib qilish.
Har oy kamida 1 marta barcha ko‘chalarda ommaviy hashar o‘tkaziladi.
Milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish:
Sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash;
To‘y-marosimlarni isrofgarchiliksiz va ixcham o‘tkazilishini ta’minlash.
Davlat organlari bilan hamkorlik:
Mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar qilish.
Fuqarolar yig‘ini kengashida har oy kamida 5 ta davlat organi vakillarining axboroti eshitiladi.
Mahalla faollari faoliyatini muvofiqlashtirish:
Hokim yordamchisi;
Xotin-qizlar faoli;
Yoshlar yetakchisi;
Profilaktika va soliq inspektorlari;
Ijtimoiy xodimlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish.
Har hafta ularning hisobotlari eshitiladi.
Har biri oyiga kamida 10 ta muammoli masalani hal etishi nazorat qilinadi.
Jamoatchilik nazoratini o‘rnatish:
Qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilish.
Har hafta:
Ta’lim muassasalarida davomat;
Poliklinikalarda tibbiy xizmat sifati;
Sport obyektlarining ochiqligi;
Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari atrofidagi tozalik holati o‘rganiladi.
Mahalla — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini!