Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi yuzasidan tumandagi poliklinika faoliyati o‘rganildi.

#96_qonun

#Deputat_faoliyati 

O‘rganish jarayonida dori vositalarining saqlanish sharoitlari, ularning sifati va yaroqlilik muddati, aholiga retsept asosida dori vositalarini berish tartibi hamda narxlarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholiga dori vositalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha berilayotgan tavsiyalar, mavjud dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi ham atroflicha tahlil qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2