📌 Kengash raisi tomonidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati raisi O. Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlarning ijrosini o‘rganish maqsadida “Chorbog‘” mahallasidagi 45-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan kapital ta’mirlash jarayonini o‘rgandi.
🔍 Nazorat davomida loyiha doirasidagi ishlarning amaldagi holati, belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi hamda ishlar sifati yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.
📌 Kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini oshirish hamda loyihani belgilangan muddatlarda samarali yakunlash yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi.
🤝 Deputatlik nazorati doirasida hudud infratuzilmasini rivojlantirish, loyiha samaradorligini oshirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.