Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
“Sohil” mahallasi ichki yo`llar holati o`rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Sirojiddin Muhammadiyev tomonidan “Sohil” mahallasidagi ichki yo‘llarning holati atroflicha o‘rganildi.

Ushbu jarayonda mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi “Nurli yo‘l” va “Bog‘i rag‘on” ko‘chalari ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida aholi tomonidan ko‘p marotaba yo‘llarni shag‘allashtirish bo‘yicha tushgan murojaatlar o‘z tasdig‘ini topdi.

Haqiqatan ham, mazkur ko‘chalarning bugungi holati, ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida aholi, ayniqsa, yosh bolalar va keksalar harakati uchun bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.

Deputat tomonidan ushbu masalani ijobiy hal etish, ya’ni ko‘chalarga shag‘al yotqizish ishlarini qisqa muddatlarda tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3