Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
Deputat mahallada Bepul dori-darmon ta’minoti deputat nazoratida

 Bepul dori-darmon ta’minoti deputat nazoratida 

Aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa,
imtiyozli toifadagi fuqarolarni davlat tomonidan bepul beriladigan dori
vositalari bilan uzluksiz ta’minlash tizimi doimiy e’tiborimizda.
 

 24-Ko‘lota saylov
okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati (“Adolat” SDP
fraksiyasi a’zosi) B.Rahmonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan hududdagi tibbiyot muassasalarida dori-darmon ta’minoti
holati o‘rganildi.
 

 O‘rganish
davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
 

Bepul beriladigan dori vositalarining zaxirasi va
turlari;
 

Dorilarning o‘z vaqtida va manzilli yetkazib
berilishi;
 

Bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar. 

 Natijalar shuni
ko‘rsatdiki: Hozirgi kunda hududiy tibbiyot punktida zarur dori-darmonlar
zaxirasi mavjud. Ehtiyojmand va ro‘yxatda turuvchi bemorlarga dori vositalari
belgilangan tartibda, o‘z vaqtida va bepul yetkazib berilmoqda. Tizimda
uzilishlar mavjud emasligi va ta’minot izchil yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum
bo‘ldi.
 

 Deputat
ta’kidi:
 

“Tibbiy xizmat sifati, avvalo, bemorlarning zarur dori
vositalari bilan qay darajada ta’minlangani bilan belgilanadi. Davlat tomonidan
ajratilayotgan dorilarning har bir grammi o‘z egasiga yetib borishi bizning
nazoratimizda bo‘ladi”, — dedi deputat B.Rahmonova.
 

Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 2