Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya va “Open Byudjet” loyihalari o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari tinglandi - kommunal xizmatlar sifati muhokamada
янв.21
Uchtepa tumanida Axborot-kutubxona markazida monitoring ishlari olib borildi
Boyovut tumanida Kengash qarorlari ijrosi monitoring qilindi

Boyovut tumanida Kengash qarorlari ijrosi monitoring qilindi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xusnora Berdiyarovaning 2026-yil 27-aprel kuni uchun haftalik ish rejasiga muvofiq, Kengash qarorlari va deputat so‘rovlari ijrosi joylarga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 Jumladan, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 2-martdagi “Boyovut tumani mahalliy byudjetining 2026-yil boshiga hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan quyidagi obyektlarda monitoring olib borildi:

🌳 Sohil MFY hududidagi istirohat bog‘ida sug‘orish tarmog‘ini barpo etish ishlari (200 mln so‘m);

🌿 Tuman markazidagi istirohat bog‘ini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va zamonaviy ko‘rinishga keltirish ishlari (500 mln so‘m);

🏫 46-sonli umumta’lim maktabida zamonaviy interaktiv elektron doskalar bilan ta’minlash ishlari;

🔐 tumandagi 6 ta umumta’lim maktablariga 11 dona Face ID turniketlarini sotib olish va o‘rnatish ishlari.

💰 Mazkur yo‘nalishlar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi joyida ko‘zdan kechirildi.

👥 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri X. Berdiyarova, doimiy komissiya raisi A. Amanlikov hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F. Xudaynazarovlar ishtirok etdi.

📊 Monitoring davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda ijro intizomini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6