Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida ijtimoiy obyektlarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya va “Open Byudjet” loyihalari o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari tinglandi - kommunal xizmatlar sifati muhokamada
янв.21
Uchtepa tumanida Axborot-kutubxona markazida monitoring ishlari olib borildi
Deputat nazorati

 Nurobod saylov okrugida joylashgan Ohangaron
tuman Davlat kadastrlari palatasi Ohangaron tumani filiali faoliyati o‘rganildi. 

O‘zbekiston “Adolat”
SDP a’zosi — deputat Abbos Mirzavaliev, kotibiyat bosh mutaxassislari O‘tkir Abduqodirov
va Gulruh Erkinova hamkorligida, Nurobod okrugi deputati Adolat partisi azosi Anvar
Abduraxmonovning rejasi asosida o‘rganish
ishlari amalga oshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasining
2024 yil 5 avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga
hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi
O‘RQ-937-sonli Qonuni talablari ijrosi yuzasidan Ohangaron tumani hududlarida amalga
oshirilayotgan ishlar ko‘lami yuzasidan Kadastr bo‘limi mehnat jamoasi o‘rtasida
targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, deputatlik jamoat nazorati o‘tkazildi. 

Shuningdek, mazkur
qonun asosida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan aksiya doirasida tuman miqyosida
amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Hozirgi kunda
Ohangaron tumanidagi 31 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida kadastr-xatlov
tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, 10 dan ortiq MFYlarda
ushbu ishlar tashkil etilgan bo‘lib, viloyat miqyosida yetakchi o‘rinlardan birini
egallab turibdi. 

Fuqarolarning
o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylariga egalik huquqini e’tirof etish, tuman
ishchi guruhi tarkibiga kiruvchi 18 ta tashkilot tomonidan tegishli xulosalarni
jamlash jarayonlarini jadallashtirish hamda ijara shartnomalarini rasmiylashtirish
ishlarini samarali tashkil etish maqsadida fuqarolarga ortiqcha ovoragarchiliklarning
oldini olishga qaratilgan elektron tizim joriy etish taklifi kiritildi.  

Slide 1 of 3