Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar
янв.21
“Biz yer himoyachilarimiz” ekologik tadbiri
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada yoshlarning o‘rni - tajriba, mas’uliyat va yangi yondashuvlar
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari – hududiy muammolar yechimining muhim omili
янв.21
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif - tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
янв.21
Deputatlik so'rovi chiqarildi
Tartibsiz reklamalarga qarshi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zolari, tuman hokimligi xodimlari hamda Kengash deputati Fotima Seydabdullayeva ishtirokida “tartibsiz reklamalardan voz kechish — qonuniylik va estetik muhit sari qadam” yo‘nalishida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga mos kelmaydigan, tartibsiz, noqonuniy o‘rnatilgan hamda ma’nan eskirgan tashqi reklama vositalari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirishlar berildi.

Ayni paytda yoshlar maslahat guruhi tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan tumandagi Xalqlar do‘stligi ko‘chasi hududida joylashgan tashqi reklama vositalari o‘rganilib, natijada 30 dan ortiq betartib o‘rnatilgan reklama vositalari olib tashlandi.

Qayd etish lozimki, noqonuniy reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanadi va buning uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50–70 baravarigacha jarima belgilangan.

Slide 1 of 2