Bandixon tumanidagi 24-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri Pardayev Azamat Almardanovich hamda tuman Kengashi deputati Jumaev Umar Abdig'ani o'g'li ishtirokida O'rg'ulsoy mfyda joylashgan 24-sonli maktab faoliyati ko‘zdan kechirildi.
✅O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
✅ Ta’lim sifati: Dars jarayonlarining tashkil etilishi va o‘quvchilarning bilim darajasi;
✅ Shart-sharoitlar: Sinfxonalarning jihozlanishi va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganligi;
✅ Infratuzilma: Maktab binosining holati, isitish tizimi va sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi.
✅Xulosa va natija: Jarayon yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta’lim samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅Maqsadimiz — farzandlarimizning zamonaviy va sifatli ta’lim olishlari uchun munosib sharoit yaratish!