Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi
янв.21
Deputat o'z okrugida muammoli masalani hal etish choralarini ko'rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi
янв.21
Siyosiy partiyalar yig'ilishida tuman deputatlarining roli
янв.21
Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi
янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
янв.21
Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar
Mahalla infratuzilmasi va yo‘l xavfsizligi holati o‘rganildi

 Mahalla infratuzilmasi va yo‘l xavfsizligi holati
o‘rganildi
 

12-Saidobod saylov okrugi bo‘yicha Xalq demokratik
partiyasi (XDP) deputatlik guruhi a’zosi N.Ubaydullayeva hududiga qarashli
“Saidobod” MFYda kotibiyat bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan o‘rganish
o‘tkazildi.
 

O‘rganish jarayonida mahalla ichki ko‘chalarining
holati, tungi yoritish tizimi, yo‘llardagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mahalla
raisi bilan suhbatlashildi.
 

Suhbat jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi: 

· Mahalladagi ichki ko‘chalarni asfalt qilish ishlari
yakunlanish arafasida bo‘lib, hozirda asfalt qilinadigan juda kam qism qolgan.
 

· Hududdagi eskirgan simyog‘ochlarni yangisiga
almashtirish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.
 

· Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida, aholi
bilan hamjihatlikda navbatdagi “Open Budjet” (Tashabbusli budjet) jarayonlariga
loyiha kiritish va amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
 

Nazorat: Hududdagi yo‘l xavfsizligini ta’minlash va
infratuzilmani yaxshilash borasidagi ushbu rejalarning amalga oshirilishi
deputat va mutaxassislar tomonidan kuzatib borilmoqda.