🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan Bo‘stonliq tumani “Tovoqsoy” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinika faoliyati xalq deputatlari mahalliy Kengashiga Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonidan mahalla raisi ishtirokida o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud infratuzilma, tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari hamda dori-darmon ta’minoti holati tahlil qilindi.
🔷Aniqlanishicha, poliklinikada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Xususan, aholiga birlamchi tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan, profilaktik ko‘riklar muntazam tashkil etilmoqda. Shifokorlar tomonidan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
🔷Shuningdek, poliklinika faoliyati ustidan doimiy deputatlik nazorati o‘rnatilishi ta’kidlandi. Mazkur o‘rganish aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va joylarda mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.