📌 Doimiy komissiya yig‘ilishi: muhim masalalar muhokamada
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich boshchiligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
💬 Yig‘ilish davomida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosining bugungi holati ko‘rib chiqilib, ularni samarali nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📊 Shuningdek, tuman Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S. Masharipov tomonidan nazorat rejasiga kiritilgan loyihalarning:
▪️ bugungi holati
▪️ amalga oshirish jarayoni
▪️ belgilangan vazifalar ijrosi
yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
👤 Yig‘ilishda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman apparat rahbari A. Aytmuratov ham so‘zga chiqib, startap tadbirkorlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda biznes rejalar ishlab chiqishda ko‘mak berish imkoniyatlari mavjudligini ta’kidladi.
📌 Yig‘ilish yakunida tumandagi investitsion loyihalar ijrosini yanada samarali tashkil etish maqsadida:
▪️ loyihalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish
▪️ tadbirkorlar bilan bevosita ishlash
▪️ infratuzilma holatini tahlil qilish bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan tizimli ishlar olib borilishi belgilandi.