📌Tuman Kengashi deputati I. Rasulov “Uysozlar” va “O‘rta Masjid” mahallalari aholisi bilan uchrashib, 2026-yil I chorakdagi faoliyati haqida axborot berdi. Uchrashuvda Madad NNT vakili, deputat U. Muxammadiyev ham ishtirok etdi.
🗣 Deputat tomondian murojaatlar bilan ishlash natijalari, ularning ijrosi va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
✅ Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va turmush sharoitini yaxshilashga oid muammolar muhokama qilindi. Fuqarolar murojaatlarini hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan choralar ko‘rilishi qayd etildi.
🤝 Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, aholi bilan aloqani mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.