Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
янв.21
Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar
янв.21
Xalq bilan muloqot - “Ko‘ksaroy” mahallasida dolzarb masalalar muhokamasi
янв.21
Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Deputat axboroti
янв.21
Mahalla kelajagi — fuqarolar tanlovida
янв.21
22-aprel – Xalqaro “Yerni himoya qilish kuni”
янв.21
Sayyor qabul natijasi - muammolar joyida tahlil qilindi va takliflar berildi
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva Arabota mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda tarbiyaviy-ahamiyatga ega uchrashuv tashkil etdi. Tadbir mahallada joylashgan 64-umumta’lim maktabida o‘tkazilib, unda 10 va 11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirok etdi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlar tarbiyasiga doir dolzarb masalalar — erta nikoh va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari, shuningdek, qizlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Qatnashchilarga bu kabi holatlarning inson salomatligi, kelajak rejalari va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida tushunchalar berildi.

🔹Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Qonun doirasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kafolatlar haqida ma’lumot berildi.

🔹Tadbir davomida o‘quvchi qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, kelajakda munosib ta’lim olish va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rish borasida muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

🔹Bunday uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning huquqiy ongi va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2