DEPUTATLAR MAHALLALARDA: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR KO‘RIGI.
✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Bugun tasdiqlangan grafik asosida “8-Birdamlik” saylov okrugdan saylangan deputat B.Rajabov hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov "Birdamlik" mahallasida bo‘lishdi.
✅O‘rganish markazida nimalar bo‘ldi?
✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
✅ "Mahalla yettiligi" tizimining samaradorligi;
✅ Aholi murojaatlari va ijtimoiy muammolarning joyida yechilishi;
✅ Hududni obodonlashtirish va drayver sohalarni rivojlantirish masalalari.
✅"Bizning maqsadimiz — qog‘ozda hisobot berish emas, balki har bir xonadonga kirib borish," — deydi deputat B.Rajabov.
✅Muloqotlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.