O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” 938-XII-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari F.Nazarov, Sh.Abdullayeva, kotibiyat mudiri O.Toirov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari G.Aripova va A.Ashirmatovlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayonda ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qibray tuman bo‘limiga tashrif buyurib, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosi holatini atroflicha tahlil qildi.
O‘rganish davomida fuqarolarga pensiya tayinlash, to‘lash jarayonlari, murojaatlar bilan ishlash holati hamda qonun talablarining ijrosi atroflicha o‘rganildi.
Xodimlar bilan mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Masala ... doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirildi