Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazoratida: hududlarda asfaltlash va obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda

Deputat nazoratida: hududlarda asfaltlash va obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G.Baxramova o‘zi saylangan hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, xususan, yo‘llarni asfaltlash jarayonida bevosita ishtirok etdi.

Deputat tomonidan ishlarning borishi joyiga chiqib o‘rganildi hamda sifat va belgilangan me’yorlarga muvofiqligi yuzasidan nazorat amalga oshirildi. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish va yashash sharoitlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4