Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi
янв.21
Deputat o'z okrugida muammoli masalani hal etish choralarini ko'rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi
янв.21
Siyosiy partiyalar yig'ilishida tuman deputatlarining roli
янв.21
Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi
янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
янв.21
Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi.

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova hamda koribiyat bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan tumandagi "Beshkapa" mahallasida ijtimoiy xodimlar faoliyati o‘rganildi. 

📝O‘rganish jarayonida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani aniqlandi. Xususan, muborak ro‘za kunlarida 48 nafar nogironga 1 000 000 so‘mdan moddiy yordam ajratildi. “Vaqf” fondi tomonidan 16 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, 2 nafar nogiron shaxs ish bilan ta’minlandi.

♻️Bundan tashqari, bitta fuqaroga 12 000 000 so‘m qiymatidagi qo‘l protezi olib berildi. 

❇️Yana bir e’tiborga molik jihat shuki, bir nafar chin yetim bolaning IT sohasida ta’lim olishi uchun 7 000 000 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirildi. 1 ta fuqaroga nogironlar aravachasi berilib, unga 6 oylik moddiy yordam puli tayinlandi.

✅Mazkur ishlar hududda ijtimoiy himoya tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi.

Slide 1 of 3