Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
янв.21
Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar
янв.21
Xalq bilan muloqot - “Ko‘ksaroy” mahallasida dolzarb masalalar muhokamasi
янв.21
Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Deputat axboroti
янв.21
Mahalla kelajagi — fuqarolar tanlovida
янв.21
22-aprel – Xalqaro “Yerni himoya qilish kuni”
янв.21
Sayyor qabul natijasi - muammolar joyida tahlil qilindi va takliflar berildi
#tavsiyalar_asosida

#tavsiyalar_asosida 

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari — K. Yodgorova, J. Do‘stov, Sh. Mavlonov, X. Amonov va S. Xamrayevlardan iborat ishchi guruh Kogon shahridagi 6-son umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasa faoliyatini bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida dars jarayonlarining mazmuni, pedagoglarning kasbiy yondashuvi, o‘quvchilarning bilim olish darajasi hamda ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Maktabdagi mavjud sharoitlar, sinfxonalar holati va ularning jihozlanish darajasi ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, “Open budjet” dasturi asosida g‘olib deb topilgan sport maydonchasi loyihasining amalga oshirilish jarayoni joyida ko‘rib chiqildi. Qurilish ishlari sifati, loyihaning borishi va uning o‘quvchi-yoshlar uchun yaratadigan imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yakunda aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni aniqlab, ularning yechimini ta’minlash orqali xalq manfaatlarini himoya qilishning eng muhim vositasidir.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/) | Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5