Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi
янв.21
Deputat o'z okrugida muammoli masalani hal etish choralarini ko'rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi
янв.21
Siyosiy partiyalar yig'ilishida tuman deputatlarining roli
янв.21
Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi
янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
янв.21
Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar
MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHIT — BARQARORLIK VA OSOYISHTALIK GAROVI

Mamlakatimizda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor maqsadlarga erishish hamda mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash, mahallalarda “Xavfsiz muhit” tamoyilini qaror toptirish maqsadida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.Atayeva “Shodlik” mahallasida aholi vakillari va bir guruh faol fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida mahallada jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabablarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikni kuchaytirish, Uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni tadbirkorlik va sportga keng jalb qilish orqali yot g‘oyalar ta’siridan asrash, aholi, ayniqsa xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, oilaviy nizolarning oldini olish va ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Suhbat davomida deputat D.Atayeva fuqarolarning muammolari va takliflarini tingladi. Ta’kidlanganidek, har bir mahalla fuqarosi o‘zi yashayotgan hududning tinchligi uchun mas’ul ekanligini his qilishi, "O‘z mahallangni o‘zing asra" tamoyili asosida hushyorlikni oshirishi lozim. 

Uchrashuv yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va ijrosini nazoratga olish belgilab olindi. Zero, mahalladagi tinchlik va tartib — jamiyat barqarorligining mustahkam poydevoridir.