Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan hududdagi ichimlik suvi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi
янв.21
Deputat o'z okrugida muammoli masalani hal etish choralarini ko'rmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi
янв.21
Siyosiy partiyalar yig'ilishida tuman deputatlarining roli
янв.21
Uchtepa tumanida PQ-311 ijrosi - 25-sonli oilaviy poliklinika faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi
янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
янв.21
Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi. 

KUN TARTIBI:

1-masala

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsum yakuni ovoz berish bo‘yicha g‘olib bo‘lganlarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida hamda Olmazor tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.

Hisobot beruvchi: Olmazor tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Xatamov Dilshod Faxriddinovich

2-masala

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori “2026–2027-yillarda Olmazor tumanidagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida “Yashil bog‘”larni tashkil etish va ko‘p qavatli uylarda tutash hududlarni ta’mirlash, ko‘p qavatli uylardagi yer to‘la muhandislik tizimini tom qismlarini ta’mirlash bo‘yicha mahalliy byudjetdan shakllantirilgan dastlabki manzilli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni ijrosini ta’minlash yuzasidan.

Hisobot beruvchi: Olmazor tuman hokimining Qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda tumandagi barcha boshqaruv servis kompaniya rahbarlari

3-masala

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senat Kengashining 2026-yil 12-mart KQ-325-V-sonli Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan.

Axborot beruvchi: Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Nazarov To‘rabek Tursunovich.

Yig'ilishda kun tartibiga muvofiq, 3 ta muhim masalalar ko'rib chiqilib, mas'ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari komissiya a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi

Slide 1 of 10