Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Sharq yulduzi” mahallasida sayyor qabul - murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
янв.21
Doimiy komissiyada favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llar yaxshilanmoqda - fuqarolar manfaatiga xizmat qilayotgan keng ko‘lamli ishlar
янв.21
Xalq bilan muloqot - “Ko‘ksaroy” mahallasida dolzarb masalalar muhokamasi
янв.21
Hudud muammolari e’tibor markazida - Tepaqo‘rg‘on MFY o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Deputat axboroti
янв.21
Mahalla kelajagi — fuqarolar tanlovida
янв.21
22-aprel – Xalqaro “Yerni himoya qilish kuni”
янв.21
Sayyor qabul natijasi - muammolar joyida tahlil qilindi va takliflar berildi
Prezident Murojaatnomasi mazmuni joylarda targ‘ib etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlarini belgilab bergani bilan ahamiyatlidir. Ushbu hujjat mazmunini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan uchrashuv va targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ta’lim va sog‘liqni saqlash
sifatini oshirish, shuningdek, ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari keng yoritildi.
Deputat Murojaatnomada davlat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda davlat xizmatlarini
soddalashtirishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi. Tadbir davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalar
bildirildi. Yakunda ishtirokchilar Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim
dastur bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab, belgilangan vazifalar ijrosiga faol hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Slide 1 of 4