Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati
янв.21
Ijtimoiy soha yo'nalishida navbatdagi oilaviy poliklinika faoliyati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy xizmat ko'rsatish holatlari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
“Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi — ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratining muhim omili”
янв.21
Mahalladagi mavjud muammolar deputatlar nazorati ostida bartaraf etilmoqda
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuvlarda hududdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
Prezident Murojaatnomasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi

Prezident Murojaatnomasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi

✔️Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi, mas’uliyatli va hal qiluvchi bosqichni boshlab berdi. Ushbu Murojaatnoma Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda kelgusidagi ustuvor vazifalarni aniq belgilab berdi.

✔️Murojaatnomada jamiyat hayotida mahallaning o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni innovasion asosda rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish hamda inson kapitaliga investisiyalarni ko‘paytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilab berildi.

✔️Murojaatnomada qonun chiqaruvchi hokimiyat va mahalliy Kengash deputatlarining jamiyat hayotidagi o‘rni va mas’uliyatini yanada oshirish masalasiga ham alohida urg‘u berildi. Davlat rahbari deputatlar faoliyati xalq bilan yaqin muloqotga, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga yechim topishga qaratilgan bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Bu esa deputatlarning faqat qonun ijodkorligi bilan cheklanib qolmasdan, aholi manfaatlarining haqiqiy himoyachisi sifatida faol ish olib borishini taqozo etadi.

✔️Xususan, 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi deputatlar zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklamoqda. Chunki mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy dasturlar va davlat loyihalarining samaradorligi ko‘p jihatdan mahalliy Kengash deputatlarining tashabbuskorligi, nazorati va faol pozisiyasiga bog‘liq.

✔️Murojaatnomada ilgari surilgan tarixiy tashabbus — Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldoshni uchirish rejasining e’lon qilinishi mamlakatimiz ilm-fani va texnologiyalari yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ko‘rsatadi. Bu kabi strategik maqsadlarni amalga oshirishda ham parlament va deputatlik korpusining qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi roli beqiyosdir.

✔️Shuningdek, kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining 6-bosqichda izchil va batafsil tushuntirib berilgani islohotlarning aniq maqsad va vazifalar asosida amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu jarayonda deputatlar ijro intizomini ta’minlash, qabul qilinayotgan qarorlar ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda faol ishtirok etishi lozim.

✔️Xulosa qilib aytganda, Prezident Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim dasturilamal bo‘lib, u davlat organlari, deputatlar va fuqarolik jamiyati institutlari oldiga aniq vazifalar qo‘yadi. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi esa xalq va deputat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlab, mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

⚡️

 @sam_vil_deputatlari