Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada "Mening bog'im" loyihasi doirasidagi masala muhokama qilindi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Deputat so‘roviga Uchtepa tumani tibbiyot tizimi bo‘yicha batafsil axborot taqdim etildi
янв.21
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati
янв.21
Ijtimoiy soha yo'nalishida navbatdagi oilaviy poliklinika faoliyati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy xizmat ko'rsatish holatlari o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida
янв.21
Fuqarolar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
“Xalq deputatlari Kengashlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi — ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratining muhim omili”
янв.21
Mahalladagi mavjud muammolar deputatlar nazorati ostida bartaraf etilmoqda
“Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, farzandlarimizni himoya qilish qadim-qadimdan erkaklar uchun sha’n va g‘urur masalasi bo‘lib kelgan.

Xotin-qizlarning qadr-qimmatini joyiga qo‘yish, farzandlarimizni himoya qilish qadim-qadimdan erkaklar uchun sha’n va g‘urur masalasi bo‘lib kelgan.

Lekin jamiyatimizda ayollar va bolalarning turli zo‘ravonliklarga uchrayotgani buyuk tarix, yuksak ma’naviyat va ma’rifatga ega bo‘lgan, oilani muqaddas deb biladigan xalqimizga aslo yarashmaydi!

Hech qachon unutmaylik, oilaviy zo‘ravonlik bu faqat oilaning ichki ishi emas, bu butun jamiyatga tegishli masala. Ayolni o‘z muammosi bilan yolg‘iz tashlab qo‘yishga hech kimning haqqi yo‘q!,
– dedi Prezidentimiz.

Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashga barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish bo‘yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi.

Prezidentimiz parlament, fuqarolik jamiyati institutlarini ham bu jarayonlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.