Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✔️Bugun xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Uchquduq tuman 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, oilalarni yarashtirish oilaviy ajrimlarning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan o'rganishlar olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B.Sharipov tomonidan Bandligi ta’minlangan Kambag‘allikdan chiqqan oilalar o'rganildi.
Deputat va yoshlar uchrashuvi

 Deputat va yoshlar uchrashuvi 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashi deputatlari Bumayram Sobirova, Gʻofirjon Saidmirzayevlar tomonidan
tumanidagi Mehnatobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 32-umumiy o‘rta
ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchi yoshlari bilan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi mahallalarni havfsiz hududiga aylantirish
hamida jinoyatchilikni barvaqt oldini olishga qaratilgan qarori ijrosi hamda
2025-yil 5-martdagi Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan "Islohotlar
yo‘lidagi eng katta g‘ov bu korrupsiyadir" shiori ostidagi kengaytirilgan
yig‘ilish mazmuni mohiyati yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. 

Davra suxbati jarayonida o‘quvchi yoshlarga davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan
yig‘ilish ma’zmuni bu borada yoshlarga yaratilgan sharoitlar va keng
imkoniyatlar haqida tushuncha berildi. Deputatlar tomonidan yoshlarimiz vatanparvar, mehnatsevar, halol va bilimdon, kitobxon o‘z yurti va buyuk
bobokalonlariga mos fidoyi insonlar bo‘lishlariga ishonch bildirilar. Tadbir
davomida o‘quvchi yoshlar davlatimiz
rahbariga, ona yurtiga sadoqatli
bo‘lishliklari bu borada o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari haqida fikrlarini
bildirdilar. Tadbir yakunida maktab kutubxonasiga va faol yoshlarga deputatlar tomonidan kitob jamlanmasi taqdim etildi.  

Slide 1 of 5