Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rganish
янв.21
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash va xotin -qizlar o‘rtasida turli gnekologik kasalliklarni oldini olish maqsadida tumandagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Ravshanova tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida Navoiy MFY hudidagi 7-sonli maktabga tashrif buyurib, isitish tizimi holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, maktabda istish tizimi quvurlari sozligi, schyotchik aparati qayta summatordan o‘tkazilganligi hamda maktab binosi kuz-qish mavsumiga tayyorligi maʼlum bo‘ldi.
янв.21
Uchquduq tuman “Nuroniylar maskanida” “Maromiylik” loyihasi ijrosi yuzasidan 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov va faol nuroniylar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda, dabdabali to‘ylar hamda boshqa oilaviy tadbir va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Uchquduq tuman 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati I.Rahimov tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, oilalarni yarashtirish oilaviy ajrimlarning oldini olish buyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan o'rganishlar olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati B.Sharipov tomonidan Bandligi ta’minlangan Kambag‘allikdan chiqqan oilalar o'rganildi.
янв.21
Sayyor qabul tashkil qilindi.
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi, tuman hokimi boshchiligida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

 Dehqonobodtumanida aholi muammolarini joyida hal etish, murojaatlarga quloq tutish va ularni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida navbatdagi ommaviy qabul bo‘lib o‘tdi. Tuman istirohat bog‘ida tashkil etilgan mazkur tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi
raisi, tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligida tegishli tashkilot va idoralarning rahbarlari hamda mutasaddilari ishtirok etdi. 

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda — ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, uy-joy, yer ajratish, bandlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa masalalar yuzasidan ko‘plab murojaatlar bildirildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, muammolarni joyida o‘rganish va hal etish uchun tegishli rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi. 

Slide 1 of 4