Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
УЧҚУДУҚДА ФЕСТИВАЛ
янв.21
BUVIJONLAR MAKTABI
янв.21
Коррупцияга қарши кураш мавзусида семинар ўтказилди
янв.21
Sessiya
янв.21
QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI
янв.21
Кекса авлод – ҳаётимиз таянчи ва илҳом манбаи!
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутати Улуғбек Шерматов Халқ депутатлари Учқудуқ туман Кенгаши депутатлари билан очиқ мулоқот ўтказди.
янв.21
Миллийлик урфда!
янв.21
"Ёшларни оилавий хаётга тайёрлаш" мактабида ёш никохланувчиларга оилавий хаёт сабоклари берилди.
янв.21
Deputatlar xalq orasida!
“Yoshlar bilan - ochiq muloqot”

 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida videoselektor shaklida yoshlar bilan o'tkazgan ochiq muloqotida
belgilangan asosiy vazifalarni yoshlarga yetkazish shuningdek, “O‘zbekiston –2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi bilan yaqindan tanishtirish, demokratik islohotlarning mazmun-mohiyatini hamda partiyaning dasturiy maqsadlarini yoshlarga tushuntirish va ularni siyosiy jarayonlarga jalb etish maqsadida Termiz davlat universitetida “Ekologik madaniyat: muammo va yechimlar” mavzusida “Yoshlar bilan - ochiq muloqot” tashkil etildi.
   

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi, viloyat Kengashi deputati Ibrohim Yoqubov, shahar Ekologik
partiyasi deputatlik
guruhi rahbari, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Abramatova, universitetning professor o'qituvchilari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Yoshlarning dolzarb muammolari, orzu-intilishlari, taklif va tashabbuslari ochiq muhokama qilindi. 

Muloqot davomida iqlim o‘zgarishi, havo va suv ifloslanishi, chiqindilarning ko‘payishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, ekologik tafakkur, sog‘lom
turmush tarzi, tabiatni asrash kabi masalalar ham alohida e’tiborda bo‘ldi.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi viloyat partiya tashkiloti raisi yoshlar bilan bevosita
suhbatda bo‘lib, ularning g‘oyalarini eshitdi, taklif va tashabbsularini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
  

Slide 1 of 5