Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya
янв.21
QUSHLAR VA GULLAR BAYRAMI
янв.21
Кекса авлод – ҳаётимиз таянчи ва илҳом манбаи!
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутати Улуғбек Шерматов Халқ депутатлари Учқудуқ туман Кенгаши депутатлари билан очиқ мулоқот ўтказди.
янв.21
Миллийлик урфда!
янв.21
"Ёшларни оилавий хаётга тайёрлаш" мактабида ёш никохланувчиларга оилавий хаёт сабоклари берилди.
янв.21
Deputatlar xalq orasida!
янв.21
OVULGA TASHRIF XALQ BILAN MULOQOT — ASOSIY MAQSAD
янв.21
DEPUTAT TASHRIFI
янв.21
Yangi tashkil etilgan ekobog‘larda deputatlik nazorati o‘rnatildi.
DEPUTAT XALQNING ISHONGAN VAKILI

 Hazorasp tumani Bogʻi-rogʻlar mahallasida Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati D.Babadjonova hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputati M.Abdullayevalar tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Vaisov, mahalla faollari, 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilari, tadbirkorlar ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda deputatlar aholi bilan bevosita muloqot olib bordi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash, qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini yuzaga chiqarish borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi. 

Tadbir davomida mahalla faollari R.Masharipov va N.Davletovlar tomonidan Bogʻi-rogʻlar mahallasining janubiy qismidagi “Turkiston”, “Karvon yoʻli” va “Yetakchilar” koʻchalarida istiqomat qiluvchi aholiga 400 oʻringa moʻljallangan Boshlangʻich sinflar uchun yangi maktab binosi hamda Bogʻi-rogʻlar mahallasi uchun 300 oʻrinli MTT qurib berishda amaliy yordam berishni soʻradilar. 

Deputatlar tomonidan ushbu masalalar boʻyicha tegishli tashkilotlarga deputat soʻrov yuborish rejalashtirildi. 

Mahalla faollarining murojaatlarining yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi boʻyicha tushuntirishlar berildi.  

Slide 1 of 3